Marg‘ilon shahrida yangi “maxsus” savdo majmuasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Marg‘ilon shahrining Baynalminal mahallasida «Shoemaker» keng tarmoqli do‘konlar majmuasi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur savdo tarmog‘i ochilish marosimida shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov, sektor rahbarlari hamda mahalla faollari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ramziy lenta kesish marosimi tashkil etilib, savdo majmuasi haqida loyiha rahbarlari tomonidan ma‘lumotlar berildi.
«Shoemaker» poyabzal ishlab chiqaruvchi tadbiroklar uchun mo‘ljallangan do‘konlar majmuasini o‘z ichiga oluvchi tarmoq bo‘lib, mazkur loyiha umumiy qiymati 4 mlrd so‘mlik mahalliy investisiya jalb eetish yo‘li bilan tashkil etilgan. Savdo majmuasi marg‘ilonlik 10 nafrdan ziyod aholi vakillarini bandligini ta‘minlab, ularni doimiy ish o‘rni bilan band bo‘lishlariga sabab bo‘ldi. Kelgusida mazkur savdo majmuasi ikkinchi bosqich ishlab chiqarish quvvatlarini amalga oshirish hisobidan jami 100 nafar yigit-qizlar bandligini ta‘minlashni nazarda tutadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Marg`ilon shahar mahallalarida !!!hashar!!! tadbirlari bo`lib o`tdi
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida tadbir tashkil etildi
Mahallar xavfsizligi kuchaytiriladi