Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
8
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

72025-02-01 17:54

Marg`ilon shahar hokimining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo`lib o`tdi

Sektor rahbarlari hamda turli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o`tgan navbatdagi uchrashuv davomida Marg`ilon shahrida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, ularning yangi tashabbuslari, mavjud muammolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

Shahar sektor rahbarlari tomonidan Marg`ilon shahrining Navro`z mahalla fuqarolar yig`ini hududa tashkil etilgan “Mebelchilik va charm-poyabzal” direksiyasida tadbirkorlar uchun qulay shartlarda umumiy maydoni 8 gektar maydonda ajratilayotgan yer maydonlar haqida batafsil ma`lumotlar taqdim etildi.

Qayd etish joizki, Aholi zich joyashgan Marg`ilon shahrida kelgusida ushbu sanoat zonalari hisobidan yangi ish o`rinlari yaratilib, shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish ko`zda tutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz