Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
90
4
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332025-07-18 19:13

Tibbiyot xodimlariga o‘zbek adabiy tilida ish yuritish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat tili — o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uning hayotimizning barcha sohalarida faol va izchil qo‘llanilishini ta’minlash borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Quva tumani Axborot-kutubxona markazida muhim ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbir — o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursida malaka oshirgan tibbiyot xodimlariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kursda Quva tumanidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 36 nafar tibbiyot xodimi qatnashib, davlat tilida ish yuritish, hujjat rasmiylashtirish, rasmiy til me’yorlariga rioya qilish, imlo va uslubga oid bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi Mahmudaxon Botirova, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbar va hodimlari, shuningdek, kurs tashkilotchilari hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirishda soha xodimlarining til madaniyatiga rioya qilishi, o‘zbek adabiy tilini to‘g‘ri va lo‘nda qo‘llashi muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlashdi.

Kursda muvaffaqiyatli ishtirok etgan tibbiyot xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tuman madaniyat bo‘limining iste’dodli san’atkorlari tomoni kuylangan kuy qo‘shiqlar, bolajonlarning ijro etgan raqslari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz