“Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi”





Dang‘ara tumanidagi 1-son Politexnikumida bevosita yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘rnatish maqsadida “Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Dang‘ara tumani Navbahor MFY hududida joylashgan 1-son Politexnikumida bitiruvchi yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tuman hokimi, tuman IIB rahbari,tuman prokurori,tuman Soliq Inspeksiyasi boshlig‘i ,tuman hokimi o‘rinbosari hamda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, kelajakda ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuvda tikuvchilik mutaxassisligi bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritgan ishsiz yoshlarga tikuv mashinasi topshirildi.
Shuningdek, erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda kretiv fikrlaydigan yoshlar tomonidan ko‘plab takliflar ham bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!