Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
70
2
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1302025-06-04 17:55

Dang‘ara tumani hokimi hamda tumandagi faol nuroniylar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Dang‘ara tumani hokimi hamda tumandagi faol nuroniylar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida Davlatimiz rahbarining 2024 yil 25 noyabr kungi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-405 sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taxlil qilindi.

Shuningdek mahallalardagi katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniylarga briktirilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

Xonadon tomorqasidan samarali foydalanish, tomorqada yuqori daromadli ekin turlari ekilishini tashkil etish, oilani daromadli qilish uchun ko‘chma do‘kon, kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish hamda kambag‘al oila farzandlarini mahallalardagi hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar muxokama etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz