Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi.








Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi.
Joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi e’lon qilingan edi.
Mazkur dastur doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablari qoshida kunduzgi oromgohlar tashkil etilmoqda.
Dang‘ara tumani hokimi G‘umoyli MFYda joylashgan 2-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan sport, rassomchilik, shaxmat, shashka kabi yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!