Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
70
2
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3382025-06-01 00:01

Qo‘qon shahrida Davlat Xavfsizlik Xizmati kubogi uchun futbol va mini-futbol bo‘yicha mahallalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarning shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar taqdirlandi

"Biz bir bo‘lsak xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida Yoshlar bog‘ida Davlatimiz Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan konsert dasturi va xalq sayli tadbirlari doirasida tashkil etilgan tantanali marosimda musobaqa tashkilotchilari, mahalla tizimi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Shahrimizdagi 78 ta mahalla o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan jamoalarga kubok, medallar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda yuksak natijalarga erishgan maktab o‘quvchilari ham e’tirof etilib, "Yilning eng bilimdon o‘quvchisi" tanlovida yuksak natijalarga erishgan o‘quvchilarga Tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

El suygan san’atkorlar ishtirokida o‘tkazilgan konsert dasturi, ko‘ngilochar attraksionlar, tomoshaga kelgan hamshaharlarimizga bayramona ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz