4092025-05-29 16:08
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda





Ushbu maqsadda Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Qo‘qon shahridagi Markaziy dehqon bozorida mahallalardagi ehtiyojmand fuqarolar uchun rastalar ajratilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Ayni paytda ushbu yaratilgan sharoitlardan foydalanib, kambag‘al oilalarda xonadonlaridagi yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni dexqon bozorida sotish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!