Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
23
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2972025-04-16 15:21

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

Farg‘ona va Chendu shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Xalqaro birodarlashgan shaharlar kooperatsiyasi va rivojlanishi forumi”da viloyatimizning savdo-iqtisodiy va investitsiya salohiyati namoyish etildi.

Forum doirasida Chendu shahri rahbarlari bilan birga Polshaning Lodz viloyati va Germaniyaning Bonn shahri rasmiylari bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya a‘zolari Gansu provinsiyasidagi Lanchjou shahrida ham bir qator muzokaralarda ishtirok etdilar. Uchrashuvlar davomida xitoylik investorlar Farg‘onada yirik logistika markazini tashkil etishga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, qurilish sohasiga Xitoy sarmoyasini jalb etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashrif doirasida 10 ga yaqin yirik xitoylik investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Investorlar joriy yil iyun oyida mutaxassislar ishtirokida Farg‘onaga tashrif buyurish rejalarini ma‘lum qildilar.

Uchrashuvlarda Farg‘ona shahar hokimligi vakillari ham faol ishtirok etib, muhim kelishuvlarga erishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz