Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
23
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4682025-04-16 10:58

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Kompaniya haqida ma‘lumot berilib, yangi turdagi liftlar tanishtirildi.

Guandun provinsiyasining Foshan shahrida joylashgan "Guangdong SIGLEN Elevator Co., Ltd" kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan. Kompaniya barcha turdagi liftlarni tadqiq qilish, ishlab chiqarish, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish, yangilash, modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Ikki qavatdan boshlab 100 qavatgacha ko‘tariladigan liftlar ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli, xavfsiz va kafolatga ega mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Gruziya, Eron, Hindiston, Malayziya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Viloyat rahbari mamlakatimizda qurilish hajmi yildan-yilga oshayotganligi, ko‘p qavatli bino-inshootlar uchun zamonaviy liftlarga ehtiyoj yuqoriligini bildirib, viloyatimizda ham mazkur liftlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni taklif qildi. Kompaniya vakillari bilan hamkorlikda loyiha bo‘yicha amaliy ishlarga kirishishga kelishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz