Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoyning Foshan shahrida joylashgan "Guangdong Shengte Electric Co., Ltd" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi










Ishonchliligi, servis xizmati bilan tanilgan mazkur kompaniya innovatsion texnologiyalar asosida transformatorlar, yig‘ma podstansiyalar, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlari ishlab chiqaradi. O‘n yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan holda, butun dunyo bo‘ylab davlat va xususiy sektor loyihalari uchun yuqori sifatli, tejamkor transformatorlar yetkazib beriladi. Kam uglerodli, ekologik toza va energiyani tejovchi jihozlar sanoat uchun muhim o‘rin tutadi. Kompaniyaning mahsulotlari Yevropa, AQSh, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Kompaniya rahbari Steven Li ishlab chiqarish jarayoni, ko‘plab turdagi transformatorlar, podstansiyalarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma‘lumot berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov energetika tizimi uchun bu kabi mahsulotlarga talab katta ekanligini qayd etib, Farg‘onada ham korxona ochishni taklif qildi.
Kompaniya vakillari bilan tez kunlarda viloyatimizga borib, 25 mln dollarlik loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!