Qulibekdagi sayyor qabulda fuqarolarning ellikga yaqin murojaatlariga o‘rganildi







O‘zbekiston tuman hokimi Ravshanbek Begmatovning aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadiga yo‘naltirilgan navbatdagi sayyor qabuli bugun “Qulibek” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Qabul davomida mahalla ahli bilan birgalikda tumanning boshqa hududlaridan ham tashrif buyurgan fuqarolarning kommunal soha, bandlikni ta’minlash, uy-joy ta’miri, moddiy yordam, ijtimoiy nafaqalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kadastr va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi ellikka yaqin murojaatlar atroflicha o‘rganib chiqildi.
Murojaatlarning ba’zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, amalga oshirilishi uchun muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa biriktirilgan mas’ullar tomonidan qabuldan so‘ng o‘rganishlar o‘tkazilishi belgilandi. Qonuniy yechimga ega bo‘lmagan va nizoli masalalar yuzasidan soha mutasaddilari tomonidan huquqiy maslahatlar ham berildi.
Har bir murojaat ijrosi yuzasidan muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!