Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
23
8
Sayt test rejimida ishlamoqda...

272025-04-15 18:53

Hokim va bitiruvchi yoshlar muloqotida yigit-qizlarni kasb va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tijorat banklari, tizimga oid daxldor muassasalar mutasaddilari va yoshlar yetakchilari ham ishtirok etdi.

Ochiq muloqotni kirish so‘zi bilan ochgan tuman hokimi Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidladi.

Uchrashuvda tijorat banklari vakillari tomonidan “Kelajakka qadam” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida yoshlarga qanday imtiyozlar taqdim etilishi, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam mexanizmlarini rivojlantirish hamda g‘oyadan loyihagacha bo‘lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari atroflicha tushuntirildi. Imkoniyatlar eshigi bo‘gan ushbu dasturlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutasaddilari tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot taqdim etib, bitiruvchi yigit-qizlar bandligini ta’minlashga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishi haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini ta’minlash, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda barcha daxldor muassasalar hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, hal etish lozim bo‘lgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz