5132025-04-15 14:33
Uchrashuvlar samarali bo‘ldi







Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida shinjonlik ishbilarmon doira vakillarini qabul qildi. Unda viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama etilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Farg‘ona viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida savdo, logistika, tibbiyot, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta‘lim kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuvlar yakunida 95 mln dollarlik shartnomalar tuzildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!