Tuman hokimi joylarda tadbirkorlar bilan uchrashmoqda




O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatovning hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yuzma-yuz muloqotlarda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining bevosita joylardagi faoliyati bilan tanishuv va o‘rganishlarda ham investision loyihalarni ishga tushirish va ishlab chiqarish korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama markazidan o‘rin olmoqda. Aniqlangan masalalar yuzasidan aniq choralar belgilanib, ijroga qaratilmoqda.
Tuman prokurori, soliq inspeksiyasi rahbari, hokimning tegishli o‘rinbosarlari va boshqa daxldor muassasalar rahbarlari hamrohlik qilayotgan uchrashuvlar joylarda davom etyapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!