Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
23
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

6902025-04-14 17:13

Urumchi shahrida Farg‘ona viloyati hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining 200 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar izchil sur‘atda o‘sib kelayotganligini ta‘kidlab, bugungi biznes-forum hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini bildirdi.

Viloyat hokimining Xitoy investitsiyalarini jalb qilish masalalari bo‘yicha biznes maslahatchisi etib tayinlangan Chjan Chjunxua tanishtirildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov viloyatimizning investitsion salohiyati, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha berilgan imtiyozlar haqida taqdimot qildi. Xitoy ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Forum investitsion imkoniyatlarni muhokama qilish, tadbirkorlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi va bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Tadbir doirasida mintaqa iqtisodiyotining istiqbolli tarmoqlari bo‘yicha “B2B” uchrashuvlari va taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston tumanidagi "Yahyoxon trade 2020" oilaviy korxonasi 10 mln dollarlik quritilgan olxo‘rini Shinjonga eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Forumda Farg‘ona va ShUAR o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Forumda O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziev ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz