Fuqarolar muammosiga yechim — navbatdagi sayyor qabul




Quva tumani hokimi Halimjon Umarov jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joylarda aniqlash va ularni joyida hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Ushbu qabul jarayonida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, ish bilan ta’minlash, uy-joy, yer, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda tadbirkorlikka oid masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari o‘rganildi.
Har bir fuqaroning murojaati shaxsan tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan eshitilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etiladigan masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi, muddati uzoqroq yechim talab etadigan muammolar esa nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga huquqiy maslahatlar, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, mavjud imtiyozlar hamda ijtimoiy dasturlar haqida tushuntirishlar berildi. Ayrim muammolarning echimi tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar ishtirokida joyida hal etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Shahar hokimi qabulida: FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY EʼTIBORDA


Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti



«Chorchinor» mahallasidagi ko‘p sonli aholi murojaati ijobiy xal etildi